CAEx va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hamkorlik memorandumini imzoladi
2026-yil 21-oktabr, Toshkent. Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi uch yillik hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlik CAEx Build & Co, CAEx Mebel & Decor va CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmalarining biznes dasturlarini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishni qamrab oladi.
Kelishuvga muvofiq, CAEx Build & Co, CAEx Mebel & Decor и CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmalari doirasida O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi tomonidan eksportni rivojlantirishga qaratilgan biznes tadbirlarini o‘tkazish uchun maydon taqdim etadi. Ko‘rgazmalar ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va biznes vakillari o‘z mahsulotlarini namoyish etish, tajriba almashish hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari uchun professional biznes maydoniga aylanadi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston kompaniyalariga eksport loyihalarini ilgari surish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ko‘rgazmalarda ishtirok etish kompaniyalarga o‘z mahsulotlarini potensial hamkorlarga taqdim etish, soha vakillari bilan bevosita muloqot qilish, takliflariga bo‘lgan qiziqishni baholash va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini beradi.
Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi CAEx’ning uchta ko‘rgazmasi biznes dasturlarini rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi ishtirokida qurilish sohasi, mebel ishlab chiqarish va dizayn, shuningdek, oziq-ovqat sanoati va HoReCa yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan professional tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu dasturlar soha vakillariga amaliy masalalarni muhokama qilish, bilim va tajriba almashish hamda professional aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Uch yilga mo‘ljallangan memorandum CAEx va O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi o‘rtasidagi izchil hamkorlik uchun asos yaratadi. Hamkorlik CAEx’ning ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlarini Assambleyaning mahalliy biznesni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari bilan birlashtiradi.
