
Ishtirokchilar uchun
CAEx Food & HoReCa kompaniyalarga o‘z mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari O‘zbekistonning 12 ta hududi hamda qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistondan kelgan mehmonxonalar, restoranlar va kafelar vakillari, investorlar, biznes egalari, menejerlar hamda oshpazlar bilan uchrashishlari mumkin. Ushbu uchrashuvlar loyihalarni muhokama qilish, bozor ehtiyojlarini aniqlash va potensial hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun sharoit yaratadi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar mahalliy va xalqaro xaridorlar (bayyerlar) bilan uchrashish, hamkorlar bilan muzokaralar olib borish, savdo geografiyasini kengaytirish va manfaatli bitimlar tuzish imkoniga ega bo‘ladilar.
Biznes vakillari uchun ko‘rgazma qisqa vaqt ichida keng professional auditoriya bilan muloqot qilish, mahsulot va xizmatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar olish, kompaniyalarning rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish hamda bozordagi mavqeini mustahkamlash imkoniyatidir.


Mahsulotlaringizni maqsadli auditoriyaga bevosita taqdim eting
Mahsulot va yechimlaringizni xaridlar hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiladigan mutaxassislarga namoyish eting.
Yangi mijozlar va hamkorlar toping
Soha mutaxassislari bilan tanishing, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnating va hamkorlikni rivojlantiring.
Muzokaralarda qatnashing va bitimlar tuzing
Potensial buyurtmachilar, distribyutorlar va korporativ mijozlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun ko‘rgazma imkoniyatlaridan foydalaning.
Brendingiz tanilishini oshiring
Kompaniyangizni sohaviy ko‘rgazmada namoyish eting va maqsadli auditoriya bilan bevosita aloqa o‘rnating.
Bozor va raqobatchilarni o‘rganing
Dolzarb yechimlar, texnologiyalar va tendensiyalar bilan tanishing, bozordagi takliflarni tahlil qiling va biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlang.
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytiring
Ko‘rgazmada ishtirok etishni reklama va homiylik imkoniyatlari bilan to‘ldirib, tadbirdan oldin, uning davomida va undan keyin brendingiz e’tiborini oshiring.
Yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga vaqt tejang
Ko‘rgazma maqsadli auditoriya va potensial hamkorlarni bir joyda jamlab, vaqtingizni tejaydi. Uzoq izlanishlar va kelishuvlar o‘rniga bir necha kun ichida soha vakillari bilan yuzma-yuz uchrashish, muzokaralar olib borish va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniga ega bo‘lasiz.
