CAEx HoReCa | UzFPT 2024
CAEx HoReCa | UzFPT ko‘rgazmasining ilk nashri oziq-ovqat sanoati vakillari, uskuna, qadoqlash materiallari, ingredientlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda yetkazib beruvchilari, shuningdek, HoReCa sohasi mutaxassislarini bir maydonda jamladi. Ko‘rgazmada mahalliy va xalqaro 40 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi.

Ko‘rgazma yakunlari hisoboti
Files for downloading
Ishtirokchilar fikrlari

“LaMenu uchun bu ko‘rgazmada ilk ishtirokimiz bo‘ldi va bunday biznes tadbiri formati biz uchun yangi tajriba bo‘ldi. Natijalardan mamnun qoldik: ko‘rgazmaga ko‘plab tashrif buyuruvchilar keldi va ular orasida aynan biz uchun maqsadli auditoriya — restoran va kafe egalari ham bor edi.
Ko‘rgazmaning ikki kuni davomida 5 ta shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bu biz uchun yaxshi natija va ko‘rgazmada ishtirok etish potensial mijozlar bilan bevosita muloqot qilish hamda yangi hamkorlar topishga yordam berishini tasdiqlaydi.”

“Ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etdik va bu tajribadan juda mamnun bo‘ldik. Tadbir davomida kelgusida hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan bir nechta potensial hamkorlar bilan tanishdik.
Shuningdek, ko‘rgazmaning yaxshi tashkil etilgani va ishtirokchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni alohida ta’kidlamoqchimiz.”

“Ko‘rgazmadan olgan taassurotlarimiz juda yorqin. Birinchi kun shu qadar sermazmun va gavjum o‘tdiki, hatto bir daqiqa ham o‘tirishga vaqt topa olmadik.
Ko‘rgazma davomida ko‘plab kompaniyalar vakillari bilan tanishib, foydali ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatdik. Bu kompaniyamizni tanishtirish va yangi professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.”
