Nima uchun O’zbekiston?

O‘zbekistonda HoReCa bozorining rivojlanishi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste’mol qilish uchun istiqbolli bozorlardan biri hisoblanadi. Mamlakat aholisi 38 milliondan oshadi, bu esa oziq-ovqat sanoati va unga aloqador sohalarda biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekistonda xalqaro mehmonxona tarmoqlari yetti oy ichida qariyb 28% ga kengaydi

2025-yil oxiridan 2026-yil 1-avgustgacha — atigi yetti oy ichida — xalqaro tarmoqlarga tegishli mehmonxonalar soni 27,5% ga, xonalar soni 28,4% ga, yotoq o‘rinlari soni esa 29,5% ga oshdi.

Yetti oylik o‘sish ko‘rsatkichlari

  • Mehmonxonalar soni↑ 27.5%
  • Xonalar soni↑ 28.4%
  • Yotoq o‘rinlari soni↑ 29.5%

2025-yil 31-dekabr holatiga

  • Xalqaro brendlar soni25
  • Mehmonxonalar soni40
  • Xonalar soni5,191
  • Yotoq o‘rinlari soni9,340

→

2026-yil 1-avgust holatiga

  • Xalqaro brendlar soni31
  • Mehmonxonalar soni51
  • Xonalar soni6,664
  • Yotoq o‘rinlari soni12,096

Joriy yil boshidan buyon quyidagi xalqaro brendlar ostida

11 ta yangi mehmonxona faoliyat boshladi

  • Hilton
  • Wyndham
  • Hyatt
  • Accor
  • Marriott International
+272 %
202020212022202320242025

CMWP Uzbekistan tadqiqoti natijalari

“Markaziy Osiyodagi xalqaro mehmonxona tarmoqlari — 2025-yil bozor sharhi” tadqiqotiga ko‘ra,

2020–2025-yillarda O‘zbekistondagi xalqaro brendlar ostida faoliyat yurituvchi mehmonxonalarning xona fondi

272% ga oshdi.

Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

*Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hisoboti.

O‘zbekiston bozorining istiqbollari

2025-yilda O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan quyidagi qiymatdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi:

152,1 trln so‘m (12,675 mlrd AQSH dollari)

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning eng yuqori hajmi Toshkent shahrida qayd etildi — 27,6 trln so‘m (2,3 mlrd dollar). Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 21,5 trln so‘m (1,792 mlrd dollar), Samarqand viloyati — 19,5 trln so‘m (1,625 mlrd dollar) va Farg‘ona viloyati — 11,6 trln so‘m (0,967 mlrd dollar) turadi.

O‘zbekistonda oziq-ovqat bozori va HoReCa sektori barqaror o‘sib, iqtisodiyotning umumiy rivojlanish sur’atlaridan yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda.

Asosiy segmentlar

  • 🍗Go‘sht va parranda go‘shti
  • 🥛Sut mahsulotlari
  • 🍎Meva-sabzavotlarni qayta ishlash
  • 📦Qadoqlangan va iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlari

14,7%

2025-yilda mehmonxona va restoranlar sektoridagi aylanma o‘tgan yilga nisbatan 14,7% ga oshdi.

O‘zbekistonning strategik geografik joylashuvi, oziq-ovqat sanoati va HoReCa sektorining faol rivojlanishi CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasini Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish va mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun samarali B2B maydoniga aylantiradi.

Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, xalqaro brendlar va eksportchilarni birlashtirib, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikni rivojlantirish va mintaqadagi biznes ko‘lamini kengaytirish uchun professional muhit yaratadi.

2025-yilda oziq-ovqat va HoReCa bozorida:

  • 25 000+Oziq-ovqat xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar
  • 2 000+Yangi HoReCa obyektlari
  • 10–13%Oziq-ovqat xizmatlari aylanmasining yillik o‘sishi
  • 227 trln so‘m (18,9 mlrd AQSH dollari)Bozorning umumiy hajmi

Soha ehtiyojlari

Oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash

Zamonaviy qayta ishlash uskunalari, texnologiyalar va qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga investitsiyalarga talabning ortishi

HoReCa infratuzilmasini rivojlantirish

Turizmning jadal o‘sishi sharoitida zamonaviy restoranlar, mehmonxonalar va xizmat ko‘rsatish standartlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi

Xalqaro standartlarni joriy etish

Sertifikatlangan mahsulotlar, sifat nazorati va ilg‘or xalqaro amaliyotlarga talab

Ta’minot zanjirini optimallashtirish

Samarali logistika, sovuq omborlar va qadoqlash yechimlariga ehtiyoj

*O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hudud yetakchi?” (2025-yil fevral) hisobotiga ko‘ra.

Nima uchun Toshkent?

Toshkent — oziq-ovqat sanoati va HoReCa sohasi uchun rivojlanayotgan bozor.

O‘zbekiston poytaxtida faol iste’mol bozori, rivojlanib borayotgan restoran va mehmonxona biznesi, savdo tarmoqlari hamda umumiy ovqatlanish sohasi uchun mahsulotlar, uskunalar va yechimlarga bo‘lgan talab jamlangan. 2025-yilda O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan 152,1 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 27,6 trillion so‘mi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va distribyutorlar uchun bu yangi hamkorlar topish, savdo kanallarini kengaytirish hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi mijozlar bilan ishlash imkoniyatlarini ochadigan bozordir.

CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasi Toshkentda — ishbilarmonlik faolligi, savdo va HoReCa sohasi korxonalari jamlangan shaharda o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ishtirokchilarga bozorga yaqinroq bo‘lish, soha vakillari bilan bevosita muloqot qilish va biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam beradi.